09 iyu 14:51
Yangiliklar
Futbol
Braziliya futbol federaciyasi Neymarning salomatligi bo'yicha bayonot berdi
Braziliya futbol federaciyasi (CBF) "Santos" hujumchisi Neymarning sog'lig'i borasida rasmiy bayonot berdi.
"Neymar dushanba kuni MRT (magnit-rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tdi va testlar uning tiklanish jarayoni kutilgan meyorlar doirasida yaxshi ketayotganini ko'rsatdi. U Braziliya milliy terma jamoasi tibbiy komissiyasi tomonidan belgilangan reja asosida davolanishni davom ettiradi", — deyiladi bayonotda.
Eslatib o'tamiz, may oyining oxirida vingerning boldir mushaklarida ikkinchi darajali jarohat aniqlangan edi. Uning tiklanishi uchun ikki haftadan uch haftagacha vaqt talab etilishi xabar qilingan.

Havola :
Fikrlar