26 jan 19:17
Yangiliklar
Dzyudo
Braziliyalik besh karra jahon chempioni dzyudochilarimizga master-klass ko'rsatdi FOTOREPORTAJ
Jiu-jitsu yakkakurashi bo'yicha besh karra jahon chempioni, dzyudo, muaytay va MMA bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Laerssio D`Lima terma jamoamiz dzyudochilariga parterda ishlash bo'yicha master-klass, yani mahorat saboqlari o'tkazdi.
Sir emas, ayrim dzyudochilarimizda parterda ishlash bo'yicha muammolar yo'q emas. Laerssio aynan shu kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida dzyudochilarimizga yordam beradi. Undagi boy tajriba ilk mashg'ulotdayoq ko'zga tashlandi. Terma jamoa azolari katta qiziqish bilan uning saboqlarini qabul qilishdi.
Malumot uchun, Laerssio D`Lima jismoniy tarbiya bo'yicha ilmiy darajaga ega bo'lib, sportchilarning yuqori samarali sport fiziologiyasi va rejalashtirish bo'yicha AQSHda aspirantura bo'limida tahsil olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar