So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

02 apr 16:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Braziliyalik MMAchi nokautdan so'ng vafot edi, bunga boshqa sabab ham bo'lishi mumkin + VIDEO

Teglar :  MMA
SHanba kuni Braziliyaning Manause shahrida fojea ro'y berdi.

"Remulus Fight" turnirida 22 yoshli Mateus Fernandes Obed Pereyra bilan jangdan bir necha soat o'tib, vafot etdi. Jang havaskorlar qoidalari bo'yicha o'tkazilgan (uch raunddan uch daqiqa, tirsak va tizza bilan zarba berilmaydi). Uchinchi raundda Pereyra muvaffaqiyatli hujum tashkillashtirib raqibini qulatishga erishdi. Fernandes o'rnidan turishga uringan bo'lsada, raqib uni yana bir necha zarbalar bilan «siyladi», shundan so'ng hakam jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. SHu tariqa Pereyra texnik nokaut bilan raqibini engadi. Jang yakunlangandan so'ng Mateuc tezlik bilan shifoxonaga olib borildi, lekin bir necha soatdan so'ng Mateus yurak xuruji bilan vafot etdi. CAMMA prezidenti Uolles Alves sportchini faqatgina VICH va Gepatitdan tekshirilganini, lekin yurak bilan bosh sohalaridan hech qanday tahlil olinmaganini malum qildi. «Men shokdaman, bo'lgan voqeaga fikr bildirishga ojizman. SHifokorlar uni hayotini saqlab qolish uchun ikki soat kurash olib borishi, lekin uni saqlab qolisholmadi», - dedi Uolles Alves.


Fernandes "Formando Campeoes" - giyohvand moddalar bilan kurashadiganlar tashkiloti tomonidan barpo etilgan sport zalida shug'ullanardi. Bu loyiha rahbari Vanderlyuche Kantuarias fikricha, Fernandes jangda qabul qilib olingan zarbalardan emas, balki giyohvand moddalar istemol qilish oqibatida vafot etgan.

“Juma kuni Mateus qon tahlilidan o'tgan testlari toza chiqqan, lekin do'stlarining aytishicha, u kechasi jangdan avval narkotiklarni qabul qilgan. Fernades jang davomida yaxshi harakat qilgan bo'lsada, yakunda u bir necha kuchli zarbalar qabul qilib oldi. Jang yakunlanishi bilan giyohvand moddalar sabab, unda yurak bilan bog'liq muammo kelib chiqdi”,- dedi Formando Campeoes.

"Remulus Fight" promouteri Romulo Lobo Mateus Fernandesning oila azolariga moddiy yordam berishga vada berdi.


Reyting:    

Fikrlar

   
02 apr 19:15:53
Руслон Полвонов
Жойи жанатан бусин хали йаш екан аник накавтан буганбу. исройилни ракибийам шунака булишига сал ковуди узи
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing