So’nggi yangiliklar

15:51Султонов Загребдаги турнирнинг 1/4 финалига чиқди 0 15:22Яна бир эркин курашчимиз RAF билан шартнома имзолади, у юлдузли кардда жанг қилади 0 14:49Ўзбекистон терма жамоаси машғулотида тўрт футболчимиз умумий гуруҳда шуғулланмади 0 14:12Дзюдочиларимиз иштирокида ўтадиган Qingdao Grand Prix 2026 турнирига қуръа ташланди 0 13:46Жангга икки кун қолганида Нурсултон Рўзибоевнинг ҳолати қандай? (ФОТО) 0 13:00Фарғонада Олимпиада чемпиони номидаги бокс мажмуаси фойдаланишга топширилди 0 12:34Конго ДР бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйинда таваккал қилишимизга тўғри келади, чунки..." 0 12:03Шон О`Мэлли Оқ уйдаги жанги учун қанча гонорар олганини очиқлади 0 11:28Йен Мачадо Гэрри Эдди Хирн билан шартнома имзолади 0 10:56Топуриянинг мураббийи шогирдининг аҳволи ҳақида маълумот берди 0 10:31Анчелотти Бразилиянинг Шотландияни мағлуб этиб, плей-оффга йўлланма олганига изоҳ берди 0 09:48Теннис маликаларимизнинг ҳар иккиси Уимблдон финалида! 0 09:05"Бутун дунё бу жангни кўришни истайди". Оливейра Гэтжини реваншга чақирди 0 08:19"Махачев бу ҳақда гапирган эди". Кормье UFC'да нега америкалик бўлмаган жангчилар устунлик қилаётганини тушунтирди 0 19:06Бу оддий турнир эмас, бу Жаҳон чемпионати! 0

15 may 19:36
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

BREAKING: Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylandi

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida tashkilotning navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala - tashkilotga yangi rahbar saylashdan iborat edi.

Avvalroq, saytimiz orqali 2018 yilning yanvar oyidan beri MOQ prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelgan Umid Ahmadjonov istefoga chiqarilishi haqida xabar qilgandik. Uning o'rniga shu kungacha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Rustam Mavzurovich SHoabdurahmonov Milliy olimpiya qo'mitasining yangi raisi lavozimiga saylandi. 

Malumot uchun, Rustam SHoabdurahmonov 2001-2005 yillar davomida Toshkent shahri hokimi sifatida faoliyat olib borgan. 

2017 yilning iyul oyida O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi lavozimiga saylangan. SHu bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti buyrug'i bilan O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o'ta muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga molik obektlarni qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash direkciyasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritib kelgan. 

Biz Milliy olimpiya qo'mitasining yangi rahbariga yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing