17 okt 08:04
Yangiliklar
Futbol
Bryusselda shveciyaliklar otib ketilgani haqidagi xabardan so'ng Belgiya - SHveciya o'yini to'xtatildi
Belgiya hamda SHveciya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2024 saralash o'yini birinchi bo'limdan so'ng to'xtatildi.
Gap shundaki, 16 oktyabr kuni kechasi Belgiya poytaxti markazida ikki shveciyalik otib ketilgan. Ayni damda Belgiya va SHveciya terma jamoalari voqea sodir bo'lgan joydan 5 km uzoqlikda - "Qirol Boduen" stadionida o'yin o'tkazayotgan edi.
Malum bo'lishicha, voqeadan xabar topgan SHveciya terma jamoasi futbolchilari ikkinchi bo'limda maydonga chiqishni xohlashmagan. Boshqa manbalarning xabar berishicha, SHveciya terma jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun kelgan shveciyalik muxlislarning xavfsizligini taminlash uchun bahs to'xtatilgan.
Havola :
Fikrlar