25 sen 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu boks bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan eng yaxshi ish bo'lardi". Tayson nima uchun Dana Uaytni boksda ko'rmoqchi ekanligini aytdi
Mayk Taysonning aytishicha, UFC prezidenti Dana Uaytning professional boksga o'tishi, bu yo'nalishga ijobiy tasir qilishi haqida gapirdi.
"Bu boks bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan eng yaxshi ish bo'lardi. UFCda agar jangchiga hushtakbozlik qilishsa, siz boshqa uni ko'rmaysiz. Yoki uning navbatdagi jangi Janubiy Dakotaga o'xshash joylarda bo'ladi. Agar yaxshi jang qilmasa, uni boshqa ko'rmaysiz. Boksda esa sportchi bir oydan so'ng yana jang qilishini bilasiz, lekin biz buni ko'rishni istamaymiz", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : It Is What It Is
Fikrlar