25 apr 10:07
Yangiliklar

"Bu g'alaba uning buyuk ekanini ko'rsatadimi?". Uayt Fyuriga murojaat qildi
"Agar men ko'chadagi yalangoyoq bo'lsam, bu zarba uning qay darajada buyuk ekanligini dunyoga ko'rsatadimi? Uning gapirayotganlari bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Mana nima uchun uning og'zi unitazga o'xshaydi deganman. U mening hech kim emasligimni, o'rta darajali, bekorchi, zarba bera olmasligim haqida gapirgan.
Ammo, keyin meni mag'lub etib, butun dunyoga o'zining eng zo'r ekanligini ko'rsatmoqchi bo'ldi. Meni mag'lub etgani uning buyuk ekanini ko'rsatadimi? Axir, men hech kim emasman-ku! Uning aytishicha, men pul olish uchun u erdan bu erga yuradigan chumoliman.
Axir hech kim bo'lsam, nima uchun 12 haftalik mashg'ulot lageri o'tkazdi. Men hech kimman. Sen esa barcha davrlarning buyuklaridan birisan. Sen 206 santimetrlik Muhammad Alisan. Mayk Tayson, Jo Freyzer va Jorj Forman, barchasi sensan.
Nima uchun menga qarshi qattiq tayyorlanding? Agar men bundaylar bilan jang qilganimda, mashg'ulot ham qilmasdim. Nima uchun qandaydir yalangoyoq uchun qattiq tayyorgarlik ko'rding?", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, jang 6-raundda Tayson Fyurining nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi.
Fikrlar