So’nggi yangiliklar

19:34Хотамбек Бойназаров Эдил Эсенгуловнинг жиддий чақирувига жавоб қайтарди (ВИДЕО) 0 18:52Юлдузли Туркия терма жамоасининг кенгайтирилган таркиби эълон қилинди 0 18:31Бу қизиқ! Камерунда қабр қазиган "рус Нганну"си бирин-кетин рақибларини нокаутга учратиб, UFC сари интилмоқда. "Қора икра" Богдан Гусковнинг дўсти ва жамоадоши! 0 18:10Трампнинг эркатойи UFC ростеридан чиқарилди 0 17:49"Уни қулатиши мумкин". Порье Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:28Анчелотти Неймарни Бразилия терма жамоасига чақириш сабабини тушунтирди 0 17:07Жон Жонс: "Бу шоу UFC’дан яхшироқ бўлди" 0 16:46Эдди Хирн Жошуа — Усик трилогияси ҳақида гапирди 0 16:25Сувга сакровчимиз Вячеслав Качанов Россия чемпионатида совриндор бўлди 0 16:04Ямалнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди 0 15:43Жон Жонс боксда ўзини синаб кўрмоқчи 0 15:22Промоутер Бивол — Бенавидес жанги бўйича музокаралар бошланганини тасдиқлади 0 15:01Навоийда белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 14:40"Манчестер Сити"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум 0 14:19Дана Уайт Оқ уй турниридаги эҳтимолий муаммо ҳақида гапирди 0

19 may 18:31
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq! Kamerunda qabr qazigan "rus Ngannu"si birin-ketin raqiblarini nokautga uchratib, UFC sari intilmoqda. "Qora ikra" Bogdan Guskovning do'sti va jamoadoshi!

Teglar :  Emil Kuzmich
So'nggi yillarda Rossiya MMAsida kelib chiqishi ekzotik ildizlarga ega jangchilar tobora ko'proq tanilmoqda.

UFC’da faoliyat olib borayotgan braziliyalik Uolter Uoker o'zini "rus mujigi" deb ataydi, asli nigeriyalik David Samuel esa mart oyida PFL’dagi debyut jangini g'alaba bilan boshladi.

Yangi qahramon — mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan kamerunlik o'rta vazn jangchisi Emil Kuzmich (3-0). U janglaridan keyin Rossiya bayrog'ini ko'tarib chiqadi. Kuzmich Moskvadagi Gor MMA klubi sharafini himoya qiladi, UFC jangchilari, o'zbekistonlik Bogdan Guskov va Sergey Pavlovich bilan birga mashg'ulot o'tkazadi. Qizig'i, u barcha raqiblarini birinchi raundning o'zidayoq nokaut qilyapti va shu bilan tanilyapti.

Kuzmich Kamerunda qabr qazigan, Rossiyada esa qurilishda ishlagan. Endi u MMAda "Qora ikra" laqabi ostida yulduzga aylanmoqda

Kuzmichni "rus Ngannu"deb atash mumkin. CHunki u ham kamerunlik UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu kabi Afrikadagi qashshoqlikdan chiqib kelgan va hozir MMAda samarali faoliyat olib boryapti. Kamerunda Kuzmich qabr qazigan bo'lsa, Ngannu qum karerlarida mehnat qilgan. Rossiyaga ko'chib kelgach esa Kuzmich qurilishda ishlagan.

Qomatdor afrikalik jangchini murabbiy Gor Azizyan payqab qolgan va uni o'z zaliga taklif qilgan. SHuningdek, qurilishda ortiqcha kuch sarflamasligi uchun mamur yordamchisi sifatida ishga joylashtirgan. Qabr qazuvchi obrazi Kuzmichning MMAdagi o'ziga xos jihatiga aylangan, garchi u "Qora ikra" laqabi bilan jang qilsa ham.

2025 yilda Kuzmich Rossiyaning MMA Series ligasida aralash yakka kurashlardagi debyut jangini o'tkazdi. Oktyabr oyida u qo'l jangi bo'yicha sport ustasi nomzodi SHamil Bagavdinovni 27 soniya ichida nokaut qildi. Dekabrda esa Top Dog Prospect turnirida unchalik ham taniqli bo'lmagan bokschi Tulpar Dakaevni 36 soniyada taslim etdi. Dakaevni Kuzmich parterda mag'lub etdi va teykdaun qilishga uringan raqibini jazoladi. Bagavdinov esa yanada yorqin tarzda nokaut qilindi — raqibi zarbadan keyin muvozanatni yo'qotgan paytda Kuzmich uni oyoq zarbasi bilan qulab tushirib, burnini sindirdi.

Biroq bu g'alabani ortiqcha bo'rttirmaslik kerak. Bagavdinov MMAda 35 yoshida debyut qilgan va jangda Kuzmichdan deyarli ikki barobar kichik ko'ringan. Qolaversa, Kuzmich vazn o'lchash marosimidan ham o'ta olmagan. U o'rta vazn uchun juda katta jangchi hisoblanadi — bo'yi 182 santimetr bo'lib, vazn limitiga tushishi qiyin kechadi.

Kuzmich UFC yulduzlari bilan mashg'ulot o'tkazmoqda — uni yuqori bosqichga tayyorlashyapti. Emil uchinchi jangida ham raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi

Ijtimoiy tarmoqlardan ko'rinib turibdiki, Gor MMA klubida Kuzmichga katta umid bog'lashmoqda va uni UFC’ga tayyorlashmoqda. Zalda UFC jangchilari — Bogdan Guskov, Sergey Pavlovich, SHara Bullet va Uolter Uoker mashg'ulot o'tkazadi. Ayniqsa, yarim og'ir vazn toifasida UFC’da faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik Guskov bilan Kuzmichning munosabati yaqin. Ular birgalikda mashq qiladi, ijtimoiy tarmoqlar uchun videolar suratga oladi, Pasxa bayramida esa cherkovdagi marosimda ham qatnashgan.

Kuzmich umuman olganda, rus madaniyatini yaxshi ko'radi: til o'rganyapti, Rossiya bayrog'ini olib chiqyapti va jangga "Matushka zemlya" qo'shig'i ostida chiqyapti. Kamerunlik jangchining samovarlar bilan tushgan surati ayniqsa muxlislar etiborini tortgan.

15 may kuni kechqurun Kuzmich MMAdagi uchinchi jangini o'tkazib, Ural FC promoushenida debyut qildi. U pankration bo'yicha O'zbekiston chempioni Olamnazar Otajonovga qarshi oktagonga chiqdi. Otajonov ham MMAda debyut qilayotgan edi, ammo hamyurtimiz sterdaun vaqtida Kuzmichni qo'rqitishga urindi.

Otajonov jangni faol boshladi va keskin zarbalar bilan tashlandi. Kuzmich ochiq "rubka"ga kirishmadi, zarbalardan qochib, qarshi hujum qilishga urindi. Otajonovning bosimi uzoq davom etmadi — u tez charchadi, Kuzmich esa aniq zarbalarini o'tkaza boshladi. Natijada jang 2:45 daqiqada korpusga yo'llangan tizza zarbasidan keyin nokaut bilan yakunlandi.

Bagavdinovga qarshi debyut jangidek, Kuzmich bu safar ham yaxshi reakciyasi va kuchli oyoq zarbalarini namoyish etdi. Avvalgi jangda u raqibini yuz qismiga boldir zarbasini yo'naltirib, nokaut qilgan bo'lsa, bu safar u tizza zarbasi bilan g'alaba qozondi. Biroq qo'l bilan bo'lgan almashinuvlarda raqibi charchab qolmagunicha unda katta ustunlik sezilmadi.

Hozircha Kuzmichga qulay raqiblar tanlanmoqda — u birinchi raunddagi g'alabalar hisobini asosan debyutantlar evaziga to'ldirmoqda. Faqat Dakaevning bitta mag'lubiyatli MMA jangi bor edi. SHu bois, 27 yoshli jangchining Rossiyadan tashqaridagi kelajagiga hozircha ishonish qiyin, chunki uning texnikasi hali xom.

Dekabr oyida u hatto fijital jang sanatlari turnirida mag'lub bo'lgandi. O'shanda Kuzmich Tunis vakili, rekordi 1-2-1 bo'lgan, kam tanilgan Abdulla Raxman Dridiga qarshi jang qilib, uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan yutqazgandi.

Biroq bu mag'lubiyat rasmiy rekordga kiritilmagan. Sababi, musobaqa norasmiy formatda o'tgan: jangchilar avval Mortal Kombat o'yinida bellashgan, keyin esa MMA qoidalari asosida jang qilgan. Yakuniy natija ikki bosqichning umumiy hisobi orqali aniqlangan.


Xorijiy materiallar tarjimasi asosida tayyorlandi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing