So’nggi yangiliklar

08:04Ислам Махачев нега Илия Топурия билан жангга қизиқаётганини айтди 0 07:43Париж "Мастерс" бош соврини ва 1 000 000 АҚШ доллари кимга насиб этди? 0 07:22Усикнинг собиқ промоутери: "У ҳозирнинг ўзида кетиши керак!" 0 07:01А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди 0 19:42Макс Холлоуэй BMF камарини ҳимоя қилиш учун рақиб танлади 0 19:21Жейк Пол келгуси йил учун катта режаларни маълум қилди 0 19:00Ислам Махачев спарринг шерикларидан нимани талаб қилишини айтди 0 18:39Opta АПЛнинг якуний жадвали қандай бўлишини тахмин қилди 0 18:18Нганну Жейк Пол билан жанг қилиши мумкин 0 17:57"Аҳмоқлик қилдим". Оливейра Топурия билан жангни эслади 0 17:36"Унинг чорловларини қабул қилишмаяпти". Раҳматжон Рўзиохунов Баҳодир Жалолов ҳақида гапирди 0 17:15"Арсенал" Букайо Сака бўйича қарор қабул қилди 0 16:54Боксчиларимиз Ислом бирдамлик ўйинларига жўнаб кетди 0 16:33Ортис, Жервонта ва Махачев. Ноябрь ойида ўтказиладиган йирик бокс ва ММА жанглари рўйхати билан танишинг 0 16:12Ўзбекистон ва Қирғиз Республикаси ҳамкорликда хоккей бўйича чемпионат ўтказади, унда "Ҳумо" ҳам иштирок этиши айтилмоқда 0

08 fev 15:23
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq! Mayk Tayson Muhammad Ali uchun qasos olgan jang yoxud jahon eng kuchli Taysonni ko'rgan kechani eslaymiz!

Teglar :  Mayk Tayson
Bundan 36 yil oldin Atlantik Sitida boks bo'yicha og'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun jang bo'lib o'tgan edi.

O'sha to'qnashuvda barcha kamarlar sohibi bo'lmish 21 yoshli Mayk Tayson sobiq jahon chempioni Larri Xolms bilan uchrashgandi. Ushbu bahs Temir Mayk uchun oddiy titul himoyasi uchun jang emasdi, balki pricipial kurash edi. Tayson uchun bu duel haqidagi hikoya 8 yil avval boshlangan. 1980 yilda Larri Xolms WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni bo'lib, o'z kamarini afsonaviy Muhammad Alidan himoya qildi. Ikki yillik tanaffusdan keyin Ali 38 yoshida ringga yana qaytdi. Bu vaqtda afsonaviy jangchi qattiq kasal edi. Avvalroq Muhammad Ali Xolmsga qarshi sparring o'tkazadi, ammo Ali ko'plab zarbalar qabul qilib olgani bois 10-raundda jang to'xtatiladi. 

Bularning barchasini 14 yoshli Mayk tomosha qiladi. U uchun The Greatest kumir bo'lmasa, ham Taysonni ilhomlantirgan bokschi sanalardi va tabiiy ravishda bu voqelik uni qattiq xafa qildi. «U Muhammad Alini urdi, men yoig'ladim. Keyin o'zimga undan qasos olishim shart ekanligini uqtirdim», deya eslaydi sobiq jahon chempioni. Temir Maykning murabbiyi, Ali bilan yaxshi munosabatda bo'lgan Kus D’Amato ham bu holatdan g'azablandi. Jangning ertasiga D’Amato Muhammadga qo'ng'iroq qilib, oddiy bokschi uni bu ahvolga solgani uchun jazolanishini aytib o'tadi. Xuddi shu suhbatda Kus jahon chempioni bo'ladigan 14 yoshli sportchini tayyorlayotganini va u The Greatest uchun o'ch olishini takidlaydi. 

Tayson bu vadani bajarishni yillar davomida kutdi. D’Amato Mayk Tayson va Larri Xolms o'rtasidagi jangni ko'rishga ulgurmay, vafot etdi, lekin u Ali hamda ustoziga berilgan vadani unutmagandi. Qizig'i shundaki, tarix yana takrorlandi, yani Xolms ham Muhammad kabi Maykka qarshi jangdan ikki yil oldin faoliyatini yakunlaganini elon qilib, keyinroq ringga qaytganini malum qildi hamda 38 yoshida qahramonimizga qarshi bahs olib bordi. Ancha vaqt jang qilganiga qaramay, Larri yosh raqibi bilan hech qanday qiyinchiliksiz jang qilib, uni birinchi bo'lib taslim etishini aytadi. 21 yoshli amerikalik bunga munosabat bildirmadi, ammo Taysonning ringdagi ko'zlaridan raqibini nafaqat mag'lub etish, balki yo'q qilishga ahd qilganini anglash qiyin emas edi. Albatta, zalda mehmon sifatida taklif etilgan Muhammad Ali ham o'tirardi. Uning jang oldidan ringga chiqishi his-tuyg'ularni yanada oshirdi. Ali Xolms bilan salomlashib, Maykning oldiga bordi va unga: «Buni uddala», dedi. 

Boks olami bunday g'ayratli Taysonni hali ko'rmagandi. Mayk bu kabi ishtiyoqi bilan chempionlik jangiga ham bormagan edi. U yillar davomida barcha yukni o'z zimmasiga olib, Larrini «er tishlatish»ga qaror qildi. Bahsning ilk soniyalaridanoq Xolms qanday vaziyatga tushib qolganini his qilmadi va omon qolishga harakat qildi. Temir Mayk o'zining doimiy uslubida mayatniklar orqali unga yaqinlashdi hamda raqibiga bir necha kombinaciyalar orqali zarbalar berdi. Larri uni zarba bilan ushlab turishga urunib, ring bo'ylab aylanib yurdi. Yosh Tayson har bir mushtiga o'zgacha kuch bag'ishlab, bosimni davom ettirdi. Ilk raundning o'zida «qariya» Xolms ushbu to'qnashuvda g'olib bo'lmas olmasligini anglab etgandi, shu bois yagona taktika, qochib yurishni ishga soldi.  

Ammo ushbu taktika ham muvaffaqiyat keltirmadi. To'rtinchi raundda amerikalik o'ng qo'l orqali to'g'ridan yo'naltirilgan zarba evaziga raqibini polga ag'natdi, bu yakunning boshlanishi edi. U katta qiyinchilik bilan o'rnidan turib, jangni davom ettirdi. «Ko'zi qonga to'lgan» Tayson Larriga bir necha zarbalar yo'llab, yana nokdaun qildi. U bu safar ham o'rnidan turdi, lekin bunday qilmagani yaxshiroq edi. Mayk sobiq chempionni urushdan to'xtamadi, lekin Xolms bu mushtlarga umuman javob qaytarmasdi. Oxiri qahramonimiz hal qiluvchi zarbasi bilan uni «er tishlatdi», endi uning joyidan qo'zg'alishga umuman kuchi qolmagandi. Bir necha yil oldingi afsonaviy chempion ringda shunchaki yo'q qilindi. Temir Mayk barcha vadalarining ustidan chiqdi. SHu tariqa Mayk Tayson Larri Xolmsni nokautga uchratgan ilk bokschiga aylandi. «Men qaysi nokaut bilan faxrlanaman? Larri Xolms bilan jangdagi nokaut», degandi sobiq bokschi intervyularining birida.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing