So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

31 jan 19:19
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Qiziqarli!, Xarbin-2025

Bu qiziq! O'zbekiston qishki Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini aynan Xarbinda boshlagan, AQSH chempionining onasi esa mamlakatimiz uchun ilk medalni qo'lga kiritgan

Qishki Osiyo o'yinlari birinchi bo'lib, 1986 yilda Yaponiyaning Sapporo shahrida o'tkazilgan.

SHundan keyin har to'rt yilda o'tishi kerak bo'lgan kompleks musobaqalar ko'pincha turli sabablar tufayli bir yoki ikki yilga, bazida undan ham ko'p vaqtga cho'ziladi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining qishki Osiyo o'yinlaridagi ilk ishtiroki 1996 yilga to'g'ri keladi. O'sha yilgi o'yinlar Xitoyning Xarbin shahrida tashkil etilgandi. XXR raisi Jiang Zemin ochib bergan musobaqada 17 mamlakatdan tashrif buyurgan 453 nafar sportchi 8 ta sport turining 43 ta dasturida medallar uchun kurash olib borgan.

Avval malum qilganimizdek, ochiq manbalarda O'zbekistonning Xarbin-96 III qishki Osiyo o'yinlarida necha nafar sportchi bilan qatnashgani haqida malumotlar mavjud emas. 

Biroq ikki sportchimizning medal qo'lga kiritgani bo'yicha infolar etarli. Hozirda figurali uchish olamidagi eng mashhur sportchilardan biri — AQSH terma jamoasi azosi Ilya Malininning onasi Tatyana Malinina Xarbin-96 qishki Osiyo o'yinlarining figurali uchish bahslarida O'zbekiston uchun ilk medalni taqdim etadi. Bu kumush edi. Keyinroq fristaylchi Sergey Brener bronza medaliga ega chiqadi.

SHunday qilib, O'zbekiston delegaciyasi o'zi uchun ilk qishki Osiyo o'yinlarida ikkita medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallaydi.

Oradan qariyb 28 yil o'tib, mamlakatimiz sportchilari aynan Xarbinda IX qishki Osiyo o'yinlari g'olibligi uchun bahs olib borishga shaylanmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing