So’nggi yangiliklar

19:10Эриксен "Манчестер Юнайтед"дан кетишга тайёр 0 18:46Менежер Ломаченконинг боксдан кетиши ҳақидаги хабарларга жавоб берди 0 18:24Леннокс Льюис: "Энг ёмон спорт формамда ҳам Виталий Кличкони мағлуб этган бўлардим" 0 18:01Александр Усик Дана Уайтнинг янги бокс лигасида иштирок этишга тайёр 0 17:39Ван Дейк Месси билан бир лигада ўйнаши мумкин 0 17:17Майк Тайсон ҳозир ким билан жанг қилишдан қўрққан бўларди? Бу Усик эмас 0 16:53UFC 314 турнири учун расмий постер намойиш этилди 0 16:30Усик: "Яна иккита жангим қолди" 0 16:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши оқ либосда ўйнайди 0 15:45"Бу жуда осон эди". Леннокс Льюис Майк Тайсон билан жангни эслади 0 15:23Бу қизиқ: UFC рейтингида пайдо бўлган иккинчи ўзбек — Рамазон Темиров қанчалик тез чемпионлик жангига етиб бориши мумкин? У кейинги жангида ким билан тўқнаш келади? Эҳтимолий рақибларни кўриб чиқамиз 0 15:02ММА тарихидаги энг кўп ҳақ тўланган Топ-20`талик эълон қилинди 0 14:41"Ал Насср" "Арсенал"га 100 миллион евро таклиф қилишга тайёр 0 14:20Наврўз байрами олдидан спортимиз фахрийларига совғалар улашилди 0 13:59Допинг сабаб четлатилган дунёнинг биринчи ракеткаси қачон қайтади? 0

19 mar 15:23
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Bu qiziq: UFC reytingida paydo bo'lgan ikkinchi o'zbek - Ramazon Temirov qanchalik tez chempionlik jangiga etib borishi mumkin? U keyingi jangida kim bilan to'qnash keladi? Ehtimoliy raqiblarni ko'rib chiqamiz

SHu yilning 2 mart kuni o'ta engil vazn toifasida UFC'da faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

UFC'ning qarorgohi bo'lmish Las-Vegasdagi "UFC Apex" majmuasida bo'lib o'tgan Fight Night turkumidagi turnirning prelim kardida oktagonga ko'tarilgan 28 yoshli Ramazon musobaqani o'z jangi bilan boshlab berdi.

U o'z divizionining reytingida 12-o'rinni egallab turgan amerikalik CHarlz Jonson bilan to'qnash keldi. Jang oldidan Jonsonning etarlicha tajriba ekanligi va jangda Temirovga munosib qarshilik ko'rsatishi taxmin qilingandi. Biroq Ramazon barcha taxminlarni yo'qqa chiqargan holda raqibini hakamlarning yakdil qarori ila mag'lubiyatga uchratdi.

Bu aka-uka Temirovlarning kattasi uchun UFC promoushenidagi ikkinchi jang edi. Ramazon o'z orzusidagi Ligadagi ilk jangida boshqa bir amerikalik — Si Jey Vergarani birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. SHunday qilib, u dunyoning eng yaxshi MMA Ligasi bo'lib turgan UFC'da ikkinchi jangidayoq reytingga kirib olishning uddasidan chiqdi.

Hozir qashqadaryolik sportchi reytingda 13-o'rinni egallab turibdi. Unga mag'lub bo'lgan CHarlz Jonson esa bugun yangilangan reytingda bir pog'ona yuqorilab, 14-o'ringa joylashdi. Myanma vakili Joshua Van esa reytingning so'nggi pog'onasida paydo bo'ldi.

G'alabasidan keyingi matbuot anjumanida Ramazon endi yozda navbatdagi jangi uchun to'liq tayyor bo'lishini aytgandi. U hozir O'zbekistonda, yana ham aniqrog'i, tug'ilib o'sgan makoni Qashqadaryoda bo'lib turibdi. Ammo sportchimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga nazar tashlasak, hozircha mashg'ulotlarga qaytmagani oydinlashadi.

Yuqorida aytib o'tilgan matbuot anjumanida Temirov divizion chempioni, braziliyalik Aleksandr Pantoja, bundan tashqari, sobiq chempion Brendon Morenoni jangga chorlab, ular bilan oktagonni bo'lishish niyati borligini malum qildi. Biroq UFC katta ehtimol bilan hamyurtimizga bunchalik tez orada kamar uchun davogarlarni raqib sifatida bermasa kerak. Umuman olganda, shaxsiy nazdimga ko'ra, UFC bu vaznda chempionlik yoki katta jangni tashkil qilishda 2 ta faktorga ko'proq ahamiyat bersa kerak:

Birinchisi: Sobiq chempionlar — Brendon Moreno va Kay Kara Frans ishtirokida katta janglar tashkil etish;

Ikkinchisi: birinchi faktor tufayli amaldagi chempion Pantojaga reytingning quyirog'idagi jangchilarni berish.

Ahamiyat bergan bo'lsangiz, Aleksandr 2023 yil yozida meksikalik Morenoni mag'lub etib, kamarni qo'lga kiritganidan keyin sobiq chempionlar bilan umuman to'qnash kelmadi. U faoliyati davomida Kay Kara Frans bilan 2016, Brendon Moreno bilan esa 2016, 2018 va 2023 yillarda to'qnash kelgan. CHempion bo'lganidan keyin esa garchi davogar bo'lsa-da, na Kara-Frans, va na Moreno unga raqib sifatida berildi. Yani, bunga shunday qarash mumkin: UFC Pantojaning sobiq chempionlar bilan ehtimoliy bellashuvlari muxlislar uchun endi qiziqarli emas, deb hisoblaydi.

Pantoja chempion bo'lganidan keyin ikkinchi himoya jangida o'sha paytda reytingning to'qqizinchi pog'onasidagi (!) avstraliyalik Stiv Erceg bilan to'qnash keldi va g'olib bo'ldi. Uchinchi himoya urinishida esa bugun reytingni tark etgan yaponiyalik Kay Asakuraga imkon berildi va bu safar Pantoja muddatidan oldin zafar quchdi. Ammo muhimi bu emas, muhimi UFC Pantoja chempion bo'lib turgan davr mobaynida kamarna rasmiy davogarlardan ko'ra reytingning ikkinchi yarmidagilarga ko'proq imkoniyat bermoqda. Bu degani, Ramazonning chempionni jangga chorlagani oddiy gap-so'zlar emas, uning qadri bundan anchayin balandroq. Yani, kelgusida unga ham Erceg yo Asakuraga berilgan syurprizlar nasib etishi ehtimoli mavjud.

Ammo bundan oldin Temirov eng kamida yana bitta yuqori saviyadagi jangni o'tkazishi talab qilinadi. Quyida sizlar bilan Ramazonning keyingi jangi uchun ehtimoliy raqiblarni ko'rib chiqamiz.

1. Joshua Van. Ha, UFC reytingdagi so'nggi o'rinni egallab turgan sportchini aynan Temirovga berishi mumkin. Boisi, UFC'da odatda divizionlarning 15-pog'onasidagi jangchiga 10-o'rindan keyin joylashganlar raqib sifatida taqdim etiladi. Van 23 yoshda. Myanmalik sportchi faoliyati davomida 13 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etib ulgurgan. UFC'da esa 2023-2025 yillar davomida 7 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Ramazon ochkolarga yutgan CHarlz Jonsonni Joshua Van uchichni raundda nokautga uchratgan. U so'nggi jangini 9 mart kuni UFC 313 doirasida yaponiyalik Rey Curuyaga qarshi o'tkazib, kunchiqar yurt vakiliga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini sovg'a qildi. Vanning ko'rsatkichlariga qarab, Ramazon uchun raqiblikka jiddiy nomzodlardan ekanini payqash mumkin.

2. Bruno Silva. Braziliyalik 35 yoshli aralash yakka kurash ustasi UFC'da 7 ta jang o'tkazgan va 4 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. U ishtirokidagi bitta bellashuv esa o'tkazilmagan deb topilgan. Silva dunyoning eng kuchli MMA Ligasida 2019 yil sentyabr oyidan buyon faoliyat yuritadi. U uchta mag'lubiyatini chexiyalik UFC sobiq jangchisi David Dvorak, rossiyalik Tagir Ulanbekov hamda chempionlik davogar bo'lib turgan portugaliyalik Manel Kapedan qabul qilgan. So'nggi jangi ham o'tgan yilning dekabr oyida aynan Kapega qarshi bo'lgan. O'sha jangda Bruno uchinchi raundda nokautga uchragandi. Silva hozirda UFC reytingida 12-o'rinda. Unga hozircha promoushen yangi raqib va jang sanasini bermagan. SHunday ekan, o'zbekistonlik MMA muxlislari Temirovning keyingi jangida Bruno Silvani ham raqib sifatida oktagonda ko'rishlari ehtimoli mavjud.

3. Tagir Ulanbekov. Aktivligi anchayin tushib ketgan rossiyalik MMA jangchisi hozirda UFC reytingida 11-o'rinni band etib turibdi. 33 yoshli Tagir besh yildan buyon bir yilda atigi bir martadan jang o'tkazib kelmoqda. 2024 yil hattoki umuman oktagonga chiqmadi. SHunday bo'lsa-da, u reytingdagi o'rnini saqlab turibdi. Uchta g'alabali seriyada kelayotgan Ulanbekov UFC'da 2020 yildan buyon 6 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Umumiy hisobida 16 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor. Hozircha katta raqiblar bilan to'qnash kelmagan. Yuqorida tilga olingan Bruno Silvani Ligadagi debyut jangida yutgan, endi yozadiganimiz — Tim Elliotdan esa hozircha yagona bo'lib turgan (UFC'da) mag'lubiyatini qabul qilib olgan. U so'nggi jangini yanvar oyida Kleyton Karpenterga qarshi o'tkazib, zafar quchgandi. Agar o'z ananasiga qarshi chiqib, bir yilda ikki marotaba jang o'tkazishga rozi bo'lsa, Tagir yozda Ramazon Temirov bilan bahs olib borishi mumkin bo'lgan nomzodlardar biri.

4. Tim Elliot. Amerikalik sportchi. "Qariya" desak ham, mubolag'a bo'lmaydi. Boisi, u o'zining 38 bahorini "urib qo'ygan". Uzoq faoliyati davomida UFC'da 9 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat (2012-2023), butun faoliyatida 20 ta g'alaba, 13 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Orada boshqa Ligalarga ham borib kelgan Elliot so'nggi yillarda Tagir Ulanbekovni yutdi, Brendon Royval, Mateus Nikolau, Muhammad Mokaev kabi taniqlilarga yutqazdi. Oxirgi jangini 2023 yil dekabrida xitoylik Sumudaerjiga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan. Ammo qariyb bir yarim yildan oshiqroq vaqt davomida oktagonga chiqmadi. Uning qaytishi aynan Temirovga qarshi bo'lishi mumkin. CHunki UFC Ramazonni yana bir bor sinab olish uchun tajribali "qariya"ni o'rtaga tashlashi mumkin. Biz bu holatni boshqa divizionlarda ko'rib kelyapmiz.

5. UFC'ga yaqinda kirib kelgan, ammo reytingdan o'rin olmagan, istiqbol sifatida qaralayotgan sportchiga qarshi ehtimoliy jang. Ramazonning CHarlz Jonson bilan jangi ham shu turdagi bahs edi. Temirov hozircha reytingning quyi pog'onasida bo'lgani uchun ham bunday janglardan qocha olmaydi. Va o'zi aytganidek, raqib ham tanlamaydi. Ammo u shuningdek, iloji boricha tezroq kamar uchun jangga etib borish niyatida ekanini takidlagandi. 

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, UFC'ning bu vazn toifasi eng zerikarli va lozim bo'lsa, "jar yoqasidagi" divizion ekanicha qolmoqda. Yuqorida sanab o'tgan ehtimoliy raqiblarimizning holatidan ham buni bilib olish mumkin. Biri 2 yilda bir marotaba jang qilsa, ikkinchisi 2 yildan buyon umuman jang qilmagan. Yana bir nafari esa hozirga qadar katta nomlar bilan jang qilmasdan, reytingda yuribdi. SHunday ekan, biz o'zimiz ko'rib yurgan Ramazon Temirovning chempionlik yo'li anchayin oson kechadigandek tuyulmoqda. Ammo bu UFC, bu MMA. Oktagonda hamma narsa bo'lishi mumkinligini barchamiz yaxshi bilamiz. Lekin hamyurtimizga muxlislik qilishdan va unga omad tilashdan to'xtamaymiz.

Muallif: Diyorbek Mavlonov/olamsport.com

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing