17 avg 10:27
Yangiliklar

"Bu To'lqinning ishi". Rossiyalik bloger To'lqin Qilichevning bosh murabbiy bo'lganiga munosabat bildirdi
"O'zbekiston termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Tektonik plitalar yo'q bo'lib ketdi, katta o'zgarishlar yaqin. Bu yangi qon, yangi nafas, bu qiziqarli va ajoyib bo'lishi kerak. Sababi, bosh murabbiy yo'ldan o'tib olib, yorug'likka qaraydigan oddiy odam emas. Yangi bosh murabbiy hurmatli To'lqin Qilichev bo'ldi. Qanday qilib u bunga loyiq bo'lishi mumkin? Hozir porlayotgan barcha chempionlar To'lqinning shogirdlari. Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqaxxorov va Sanjar Tursunovlarni bevosita To'lqin Qilichev shug'ullantirgan. Bu chempionlar o'zbek boks maktabini yuksaltirdi. Bu chempionlar — To'lqinning ishi. To'lqin, agar buni ko'rayotgan bo'lsangiz, men sizni yana bir bor tabriklayman. Olg'a harakat qiling! Faqatgina olg'a, faqatgina medallar, faqatgina oltin, ozgina kumush ham zarar qilmaydi!", - deyiladi "neKARAte" YouTube kanalida.
Avvalroq, boks bo'yicha terma jamoamiz bosh murabbiyligiga To'lqin Qilichev tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Aprel oyida "neKARAte" YouTube kanali muallifi Stanislav Sokolov bilan intervyu tashkil qilgan edik.
Fikrlar