20 okt 13:10
Yangiliklar

Bu xato yoki korrupciya! Fyuri nokdaunga tushganida hakamning vaqtni hisoblashi tanqid qilindi
Rogan ishonch bildirganidek, Fyuri nokdaun holatiga tushib qolganida hakam Rassel Mora juda sekin hisoblay boshladi.
«Agar hakam hisoblashni boshlagan bo'lsa, keyin Uaylderni o'z burchagiga yuborish uchun to'xtab qolsa, u hisobni o'sha joydan davom ettirmasligi kerak edi. Hakam Deontey bilan gaplashganda yana bir necha soniya o'tdi. SHubhasiz, bu vaqt juda uzoq edi. Bu xato yoki korrupciya. Men ko'proq hakam xato qildi deb o'ylayman, menimcha, referi biroz vahimaga tushgandek tuyuldi.
Bularning barchasiga qaramay, men Fyuriga qoyil qolaman, u zamonamizning eng xavfli zarba egasini engdi. Tayson ancha mohir bo'lib chiqdi. U hamma narsani alo darajada bajardi»,- deya Rogandan iqtibos keltirgan talkSPORT.
Fikrlar