05 okt 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu xavfli kombinaciya". Getji yana Xabibga qarshi jang haqida gapirdi
UFCning engil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempioni Jastin Getji Xabib Nurmagomedovga qarshi jangda o'zining ustun ekanligini namoyish etmoqchi.
"O'zimga bo'lgan ishonch - mening eng asosiy ustunligimdir. Bu albatta kuchli mashg'ulotlar evaziga yuzaga kelgan. Bu xavfli kombinaciya.
Yutishim yoki yutqazishi haqida o'ylayotganim yo'q. Men oilamga zavq bag'ishlayman, jang qilishimdan faxrlanaman. Qolgan narsalar u qadar muhim emas.
Men uchun parterga kirib qolmaslik shart. Xabibga qarshi kurash tushishni rejalashtirayotganim yo'q, buni uddalay olaman deb ham o'ylamayman.
Men unga zarbalar bermoqchiman, u taslim bo'lishini yoki jang muddatidan oldin tugashini istayman. Men uchun Xabibga undan ustun ekanligimni namoyish etish muhim", - dedi Getji.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar