02 apr 13:42
Yangiliklar
"Bu xiyonat" - Trampga ovoz bergan sobiq UFC chempioni Eron bilan urushni tanqid qildi
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik SHon Striklend AQSHning Eron bilan urushini tanqid qildi.
"Tramp Eron masalasini ko'tarib, ishchilar sinfiga xiyonat qildi. Xo'sh, bu o'rtacha odamga qanchaga tushdi? Boy yanada boyiydi, kambag'al yanada qashshoqlashadi. Bu haqiqiy xiyonat...
Hech kim Erondagi urush foydasiga "Menga ishon, birodar"dan boshqa hech qanday mantiqiy dalil keltirmagan. Ayting-chi, bundan Amerikaga ozgina bo'lsa-da foyda bo'ladimi? Aytingchi, Eronning Kalashnikov avtomatlari bilan tasodifiy guruhlarni moliyalashtirishi aslida mening hayotimga qanday tasir qiladi? Yadro qurolimi? Men buni 20 yildan beri eshitaman", - deb yozdi Striklend X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
SHon 2024 yilda UFC jangchilari orasida Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanishining eng ashaddiy tarafdorlaridan biri edi, biroq vaqt o'tishi bilan uning mamuriyati siyosatini tanqid qila boshladi.

Fikrlar