09 jan 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu yigit og'riq nimaligini his qilmaydi". Gustafsson Xamzat CHimaev haqida gapirdi
SHveciyalik UFC jangchisi Aleksandr Gustafsson yurtdoshi Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
"Xamzat nafaqat kuchli jangchi, balki unda nokaut qilish va bo'g'ib qo'yishga etadigan qobiliyatlar bor. Hech kim Xamzatdek mashq qilmaydi. Men dunyoni aylanib chiqib, juda ko'p jangchilarni ko'rganman. Bu yigit og'riq nimaligini his qilmaydi, charchamaydi. Xamzat yarimo'rta vazn jangchilari uchun juda kattalik qiladi. U bilan sparring o'tkazmoqchi bo'lganlar doim tayyor turishlari kerak, sababi u bitta ham raundni yutqazishni xohlamaydi", -deydi Aleksandr Gustafsson.
Eslatib o'tamiz, Xamzat so'nggi jangida Li Czinlyanga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini bo'g'ib qo'ygandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar