24 jan 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu yigitlar titul uchun kurashayotgani kulgili". Carukyan - Pimblett va Getji jangi haqida
Arman Carukyan Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasidagi engil vazndagi vaqtinchalik chempionlik jangining tashkil etilishiga munosabat bildirdi.
"Peddi Pimblett Jastin Getjiga qarshi. Umid qilamanki, g'olib Jastin bo'ladi, chunki menga Peddi yoqmaydi. Agar hozir men Pimblett bilan jang qilganimda, bu jang juda katta shov-shuvga sabab bo'lardi. Getji esa hozir unchalik qiziq emas — u Fizievni zo'rg'a yutdi va unga titul jangini berishdi. Agar Peddi g'alaba qozonsa, albatta, men u bilan jang qilishni istayman. Uni osongina mag'lub etaman. Men uchun bu yigitlar kamar uchun kurashayotgani juda kulgili, chunki men birinchi raqamli davogarman", — dedi Carukyan.
Havola :
Manba : Low Kick MMA
Fikrlar