14 okt 18:53
Yangiliklar
Dzyudo
Budapesht "Katta Dubulg'a" turnirida qatnashuvchi tarkibimiz malum
23-25 oktyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo restarti boshlanadi.
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis Vengriyaga yo'l oladigan tarkibni elon qildi.
Terma jamoa tarkibi:
-60 kg: SHarofiddin Lutfillaev
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Qizlar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Malumot uchun, musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadigan yirik turnirlardan biri bo'lib, har bir vazn toifasidagi g'oliblar 1000 reyting balliga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar