16 fev 17:10
Yangiliklar
Tennis
Buenos-Ayres. Karlos Alkaraz noyabr oyidan beri birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Jarohatdan forig' bo'lgan Karlos Alkaraz 3,5 oydan keyin ilk g'alabasiga erishdi.
Jahonning 2-raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz Buenos-Ayresdagi turnirning ikkinchi davrasida ATR reytingida 57-pog'onani band etgan serbiyalik Laslo Jereni 6/2, 4/6, 6/2 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuv 2 soatu 1 daqiqa davom etdi. SHu tariqa ispaniyalik tenischi o'zaro uchrashuvlarda hisobni ochdi.
Eslatib o'tamiz, Alkaraz jarohat tufaydi noyabrdan beri musobaqalarda ishtirok etmayotgandi. Argentinadagi musobaqaning chorak finalida u yana bir serbiyalik tennischi Dushan Layovichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar