23 may 14:49
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bugun 23 may - Butunjahon sport kurashlari kuni!
️Sport kurashlari – insoniyat tarixidagi eng qadimiy sport turlaridan biri hisoblanadi.
Tarixiy hujjatlar shuni tasdiqlaydiki, sport kurashlarining elementlari, yani ko'rinishlari eramizgacha bo'lgan davrda ham bo'lgan. Misr, Qadim Greciya va Vavilon releflaridagi qadimiy suratlarda kurashchilar aks etgan. O'rta asrlarda Franciya, Yaponiya, Angliyada sport kurashlari juda ham ommalashgan.
1904 yilning 23 may kuni Avstriyaning Vena shahrida sport kurashlari bo'yicha birinchi tarixiy jahon chempionati start olgan. 2013 yilning 23 mayidan esa rasman shu kunni butun dunyoda Butunjahon sport kurashlari kuni sifatida nishonlash boshlangan. Yani, 23 may butun dunyo sport kurashchilarining milliy, tom manoda kasb bayramiga aylangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar