So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

07 iyu 12:37
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bugun -74 kg vaznda Parij-2024 Olimpiadasiga boradigan erkin kurashchimiz aniqlanadi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Polyak Imre va Vargi Yanosh xotirasiga bag'ishlangan reyting seriyasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'tkazilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Bugun musobaqaning ikkinchi kuni erkin va ayollar kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkaziladi. 

Biz uchun ahamiyatlisi, erkin kurash bahslarining -74 kg vazn toifasida terma jamoamizning ikki vakili Razambek Jamalov va Bekzod Abdurahmonov g'oliblik yo'lida kurashga kirishadi. 

Aynan bugungi bellashuvlarda eng yaxshi natija qayd etgan erkin kurashchimiz Parij-2024 Olimpiadasida O'zbekiston sharafini himoya qilish huquqini qo'lga kiritadi. Qura natijasiga ko'ra, ular faqat finaldagina bir-birlari bilan to'qnash kelishlari mumkin.

Bugun gilamga chiqadigan kurashachilarimiz:

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov – Adam Tomson (Kanada)

-74 kg: Razambek Jamalov – CHir Montero (Venesuela)

-86 kg: Bobur Islomov – Jeyden Lourens (Avstraliya)

-50 kg: Aktenge Keunimjaeva – Audrey Ximenez (AQSH) / Nadejda Cokolova (Neytral sportchi)

-53 kg: Sahibjamal Esbo'sinova – Antim (Hindiston) 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
07 iyu 12:41:39
.Sherzod.
qayerdan jonli ko‘rsa bo‘ladi malumot beringlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing