08 fev 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Abdulhay SHorahmatov prof boksdagi ilk jangini o'tkazadi
Xabar berib o'tganimizdek, iqtidorli bokschimiz Abdulhay SHorahmatov bugun professional boksdagi ilk jangini o'tkazadi.
Filippinning San-Fernando shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida bokschimizga mezbon Benji Ebido (0-2-0) raqiblik qiladi.
Kecha Abdulhay ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi. Unda bokschimiz 55.5 kg vazn qayd etdi.
Mazkur jang Toshkent vaqti bilan taxminan soat 15:30 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar