13 okt 12:20
Yangiliklar
Bugun Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirida 8 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. To'raboev og'ir vaznda tatamiga chiqadi
Dunyoning 4 qitasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada o'zbekistonlik sportchilar ham medallar uchun tatamiga chiqyapti.
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi "Katta Dubulg'a" turnirining uchinchi kuni 8 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Hozircha musobaqaning birinchi kuni Muhriddin Tilovov tomonidan qo'lga kiritilgan bronza medali yagonaligini saqlab turibdi.
Bugun Muzaffarbek To'raboevning ukasi O'tkirbek +100 kg vazn toifasida kurashadi. Unga ilk davrada qozog'istonlik Madi Edilbaev raqiblik qiladi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-90 kg: Nurbek Murtozoev - Ken Dakasin (Filippin)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov - Mixail Latishev (Moldova)
-100 kg: Zufarbek O'rolov - Niyaz Bilalov (IJF)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev - Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Tamerlan Bashaev (IJF)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev - Madi Edilbaev (Qozog'iston)
AYOLLAR
+78 kg: Fotima Quramboeva - Karen Stivenson (Niderlandiya)
+78 kg: Durdona Nizomaddinova - Koralie Hayme (Franciya)
Fikrlar