21 apr 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Amir Xan ikki yillik tanaffusdan so'ng jang qiladi
Birinchi yarim o'rta vazn (68 kg) toifasida sobiq jahon chempioni Amir Xan ikki yillik tanaffusdan so'ng yana professional ringga qaytmoqda.
Bugun britaniyalik bokschi kanadalik 33 yoshli Fil Lo Grekoga qarshi ringga chiqadi. Xan yaqinda Eddi Xirn rahbarlik qilayotgan Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi bilan 3ta jang yuzasidan shartnoma imzolagandi.
Bugungi jang shartnomadagi dastlabkisi bo'ladi. Xan so'nggi bor 2016 yilning may oyida o'sha payotdagi WBC chempioni meksikalik Saul Alvaresga nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar