13 fev 08:14
Yangiliklar

Bugun Bektemir Meliqo'ziev taroziga chiqadi, ertaga jang!
WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan charm qo'lqop ustamiz AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida meksikalik Marko Antonio Peribanga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun esa bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimi hamda matbuot anjumanida ishtirok etishadi.
Malumot uchun, Marko Antonio Periban prof ringda 31ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 25tasida g'alaba qozongan. Raqiblarini 16ta jangda nokautga uchratgan. Hisobida 5ta mag'lubiyat va bitta durang bor. O'zi ham ikkita jangda nokaut uchragan.
WBA reytingida 15-o'rinni egallab turgan Meliqo'ziev o'zining so'nggi jangini 14 dekabr kuni AQSHda mezbon bokschi Vaugin Aleksanderga qarshi o'tkazgandi. O'n raundlik jangda hamyurtimiz hakamlarning qarori bilan 100:90, 100:90, 100:90 hisoblarida g'alaba qozonib, WBA Continental Americas kamari sohibiga aylangandi. Peribanga qarshi jang Bektemir uchun faoliyatidagi beshinchisi bo'ladi.
Fikrlar