23 fev 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun bokschilarimiz Ukrainadagi turnirda bahslarga kirishadi
Bugun Ukrainaning Krivoy-Rog shahrida xalqaro turnir start oladi.
Avvalroq unda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Kun davomida quyidagi bokschilarimiz o'z janglarini o'tkazishadi:
-52 kg: Sodirbek Kamolmirzaev - Risxan Talip (Qozog'iston)
-81 kg: Temurxon Sobirov - Maksim Plyasovicya (Ukraina)
-69 kg: Javlonbek Yo'ldoshev - Zaid Iashish (Iordaniya)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Pavlo Ilyusha (Ukraina)
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 15:00dan so'ng boshlanadi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar