04 fev 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Buxoroda ATFC 28 turniri o'tkaziladi
Bugun Buxoro shahridagi "Universal" sport saroyida MMA bo'yicha Amir Temur Fighting Championship 28 musobaqasi tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz SHarif Kushaev hamda Rossiya vakili Tavil Ilyasov o'rtasida kechadi. Jang yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot uchun, 30 yoshli SHarif Kushaev hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Tavil Ilyasov hisobida esa 4 ta g'alaba bor.
Bellashuvlar 17:00 da boshlanadi. Janglarni "Sport TV" telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar