12 mar 09:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Sambo			    
				 
				
			 
				Bugun Buxoroda sambo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlanadi
Bugun, 12 mart kuni Buxoro shahrida sambo bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi. 
			Ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin yosh sambochilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Mazkur chempionat asosida terma jamoamiz murabbiylari yoshlar terma jamoamizni shakllantirishadi va ular xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Bellashuvlar 14 martga qadar davom etadi.

            Havola            :         
                    Manba                : t.me/uzbekistan_sambo
             
			
Fikrlar