16 okt 13:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Buxoroda yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining final bahslari o'tkaziladi
Buxoro shahrida yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Yoshlar o'rtasida nufuzi jihatidan yurtimizda birinchi hisoblangan musobaqaga shahardagi Buxoro Olimpiya zaxiralari kolleji mezbonlik qilmoqda.
10 oktyabr kuni start olgan bahslarda 362 nafar yosh charm qo'lqop ustasi ishtirok etdi. Bugun esa eng kuchli 26 nafar bokschi 13 ta vazn toifasida oltin medal uchun ringga ko'tariladi.
Bahslar soat 18:00da boshlanadi va "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar