10 noy 10:31
Yangiliklar
Bugun CHirchiq shahrida sport kurashlari restarti amalga oshadi
Uzoq davom etgan karantindan keyingi ilk musobaqa 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilmoqda. Bugun mamlakat birinchiligining ilk kuni yunon-rim kurashchilar bahslarga kirishishadi.
Birozdan so'ng -45, -48, -51, -55, -60, -65, -71, -80, -92 hamda 110 kg vazn toifalarida saralash bellashuvlari boshlanadi. Ushbu bahslarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 155 nafar yosh klassiklarimiz gilamga chiqishadi. Soat 14:00da O'zbekiston birinchiligining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Kunning ikkinchi yarmida (16:30-18:00) esa medallar uchun final bellashuvlari o'tkaziladi.
Ertaga, 11 noyabr kuni esa erkin kurash bo'yicha mamlakat birinchiligi bahslari tashkil etiladi. Erkin kurashchilarimiz ham xuddi yunon-rimchilarimizda bo'lgani kabi -45, -48, -51, -55, -60, -65, -71, -80, -92 hamda 110 kg vazn toifalarida O'zbekiston chempionligi uchun gilamda kuch sinashishadi.
Fikrlar