22 okt 07:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Farg'onada ATFC 25 turniri o'tkaziladi, unda ikki taniqli MMA jangchimiz ham ishtirok etadi
Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasi bugun aralash yakka kurash bo'yicha ATFC 25 turniriga mezbonlik qiladi.
Markaziy jang hamyurtimiz SHukurjon Abdurahimov va Tojikiston vakili Fatxiddin Pirmurodzoda o'rtasida kechadi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Humoyun To'xtamurodov, Islom Boltaev kabi taniqli o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari oktagonga ko'tarilishi rejalashtirilgan.
Afsuski, Boltaevning raqibi Daniyar Ismailov Farg'onaga etib kela olmagani bois, uning jangi bekor qilingan. Turnirning soat 17:00 da start olishi belgilangan.
Musobaqa to'liq kardi:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar