22 fev 15:47
Yangiliklar

Bugun haqiqiy sport kuni! Isroil Madrimov boksda, Nursulton Ro'ziboev esa MMAda o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi
Bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida yirik professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Riyadh Season shafeligidagi turnirda super yarimo'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik prof boks ustasi Isroil Madrimov WBC Interim chempioni Virjil Ortis bilan bahs olib boradi. Musobaqa markaziy jangi esa yarim og'ir vazn toifasidagi mutlaq chempion Artur Beterbiev va sobiq chempion Dmitriy Bivol o'rtasida kechadi.
Janglar bizning vaqt bilan soat 22:00 dan so'ng boshlanadi. Isroilning chiqishi esa taxminan soat 00:00 dan so'ng bo'lib o'tadi.
Bundan tashqari, erta tongda AQSHning Sietl shahrida UFC Fight Night musobaqasi o'tkaziladi. Unda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Erik Makkonikoga qarshi jang qiladi.
Musobaqa tonggi soat 4:00 da start oladi. Nursultonning jangi esa soat 4:30 dan so'ng bo'lib o'tishi kutilmoqda. Har ikki turnirni Telegram platformasidagi Sport Universal kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar