So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

02 apr 08:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun "Humo Arena"da kardidan ikki chempionlik jangi o'rin olgan Octagon 85 turniri bo'lib o'tadi

SHohasan Mirzamatov, Og'abek "Saturn", Jasurbek "Tayson", Odilxon Kamalov, Suhrobbek Otajonov, Jamoliddin Rahmonjonov singari aralash yakka kurashchilarimiz muxlislar ko'z o'ngida oktagonga chiqadi.

Oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov (16-4-0) hamda Liganing yarim o'rta vazn toifasidagi qozog'istonlik chempioni Bogdan Pshebelskiy (7-2-0) o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Turnirning co-main event jangi esa o'ta engil vaznda vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun kechadi va unda 5 ta g'alabali seriya bilan kelayotgan hamyurtimiz Jamoliddin Rahmonjonov (5-0-0) qozog'istonlik Elaman Jetpisbay (6-1-1) bilan to'qnash keladi.  

Asosiy kard doirasidagi yana bir qiziqarli jang o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Unda 31 yoshli sportchimiz Mansur Otajonov (4-3-0) qozog'istonlik 26 yashar Arnur Kabdoldaev (4-1-1)ga qarshi oktagonga chiqadi.  

Octagon 85 turnirida media-jangchi Odilxon Kamolov qozog'istonlik Kemenger Auezov bilan hisob-kitob qiladi. Odilxon faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 9 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan. Auezov hisobida esa 1 tagina g'alaba bor.

SHuningdek, bugungi turnir kardida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov, Jasurbek "Tayson" Jo'raev, Samandar "Tank" Reymbaev singari media jangchilar ham oktagonga ko'tariladi. Turnir soat 17:00da boshlanadi. CHiptalar 50 mingdan 700 ming so'mgacha sotilmoqda.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing