So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

20 sen 07:52
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun “Humo Arena”da Toshkent Gran-Prisi start oladi

Bugun poytaxtimizdagi ko'p tarmoqli “Humo Arena”da dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisi boshlanadi.

Dunyoning 73 davlatidan 400 nafardan ziyod polvonlar ishtirok etadigan va sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaga jahon dzyudo hamjamiyati tomonidan bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. 

Birinchi galda Toshkent Gran-prisi dzyudo vatani Yaponiyada o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi musobaqa hisoblanadi. Aynan 25 avgustdan 2 sentyabrgacha oraliqda o'tgan jahon chempionatida Olimpiadaning muhim reyting ochkolarini jamg'ara olmagan dzyudochilarning aksariyati kemtikni to'ldirish uchun ham Toshkentga kelishgan.   

Toshkent Gran-prisi g'oliblari 700 reyting ochkosini qo'lga kiritishadi. Kumush medal egalari 490, bronza medali bilan taqdirlangan dzyudochilar esa 350 ochkoga ega bo'lishadi. SHuningdek, 5-o'ringa 252, 7-pog'onadan joy olganlarga 182 ochko taqdim etiladi. 

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) qoidalariga muvofiq mezbon davlat musobaqada har bir vazn toifasida to'rt nafardan dzyudochi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Tabiiyki, O'zbekiston terma jamoasi murabbiylari ham bu imkoniyatdan foydalanishadi. Tajribali sportchilar bilan birga istedodli yoshlarga ham o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat taqdim etiladi. 

Toshkent Gran-prisida yurtimiz sharfini jami 48 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Ulardan 28 nafari erkak, 20 nafari ayol sportchilardir. 

Erkaklar: -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg

Ayollar: -48, -52, -57, -63, -70, -78, +78 kg 

20-22 sentyabr kunlari o'tkaziladigan bahslar soat 10:30dan boshlanadi. Har kuni soat 17:00dan medallar uchun kechadigan final bellashuvlariga start beriladi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
20 sen 09:40:11
Акмалжон Арсенал
Bugun qaysi vaznlar boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing