So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

17 may 17:10
Yangiliklar

Futbol

Bugun Husanov "Manchester Siti" bilan ilk sovrinini qo'lga kiritishi mumkin. Kubok finali uchun PREVYU

Bugun Angliya Kubogining hal qiluvchi finalida "Manchester Siti" va "Kristal Pelas" jamoalari uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Angliya Kubogi uchun mazkur hal qiluvchi bahs afsonaviy "Uembli"da bo'lib o'tadi. Unda kutilmagan finalchi "Kristal Pelas" va bir muncha omadsiz mavsum o'tkazayotgan "Manchester Siti" to'qnash keladi.


"Kristal Pelas"

1. "Kristal Pelas" mavsum oxirini sifatli tarzda o'tkazmoqda
Joriy mavsumning ikkinchi qismi "burgutlar" uchun omadli kechmoqda. Oxirgi 24 uchrashuvda 14 g'alaba va bor yo'g'i 4 mag'lubiyat. Oxirgi 5 uchrashuvda umuman mag'lubiyatga uchramagan va ularning 3 tasida bevosita ECHL yo'llanmasi uchun kurashayotgan raqiblar bilan ro'baro' kelgandi. "Kristal Pelas" haqli ravishda Kubok finaligacha etib keldi va o'z tarixida birinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun bor kuchini beradi. Londonliklar bungacha ikki bor finalga etib kelgan, biroq har ikkisida mag'lub bo'lgandi.

2. "Kristal Pelas"ning eng kuchli futbolchilari o'yinga tayyor
Mavsumning eng muhim uchrashuviga "Kristal Pelas" deyarli yo'qotishlarsiz etib keldi. Faqatgina Adam Uortonning ishtiroki so'roq ostida qolmoqda. 21 yoshli angliyalik futbolchi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda jarohat olib, 61-daqiqada alishtirilgan va "Tottenxem" bilan o'yinni o'tkazib yuborgandi. Jefferson Lerma va Uill Xyuz "shporlarga" qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi, lekin asosiy tarkibda ulardan faqat bittasi qoladi, chunki Daiti Kamada uchun joy kafolatlangan.



3. "Kristal Pelas" hujum chizig'i bilan maqtana oladi, lekin "Siti"ga qarshi o'yinlar qiyin kechgan
Bugungi "Kristal Pelas"ning boshya klublardan ajratib turuvchi jihati shundaki — jamoa yorqin va o'ta hujumkor futbolni xush ko'radi. Natijada, oxirgi vaqtlarda klub kamdan-kam hollarda maydonni golsiz tark etmoqda. Turli musobaqalarni inobatga olgandagi 21 ta o'yindan faqat 2 tasida londonliklar raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi — "Nyukasl" va "Bornmut". Etiborli tomoni shundaki, bu oraliqdagi 13 uchrashuvda "Kristal Pelas" futbolchilari raqib darvozasini kamida 2 martadan ishg'ol etgan. Bundan tashqari, "burgutlar" "Siti" bilan so'nggi to'rt o'yinda 8ta gol urishni uddalashgan.


"Manchester Siti"

1. "Man Siti" final oldidan chempionatda ikkita nursiz o'yin o'tkazdi
"Man Siti" chempionatda ham muhim masalani hal qilmoqda — butkul omadsiz mavsumni ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritish orqali, biroz yaxshi tomonga o'zgartirish mumkindek. Hozirga kelib imkoniyatlar ham juda yaxshi, ammo avvalgi ikki turda "Vulverxempton" va "Sautgempton"ga qarshi o'yinlar og'ir o'tdi. "bo'rilar"ni hech bo'lmasa kichik hisobda taslim eta olgan "shaharliklar" chempionatning yaqqol autsayderi darvozasiga yo'l topa olishmadi. Kim biladi deysiz, balki jamoa aynan Kubok finaliga maksimal ravishda puxta tayyorgarlik ko'rishni niyat qilgandir.

2. Ake, Rodri va Stouns hamon jamoaga yordam berolmaydi
Himoyachilar Natan Ake va Jon Stouns o'yinni mos ravishda to'piq hamda sonidagi muammo tufayli o'tkazib yuborishga majbur. Ake yaqinda mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsada, bu ikki futbolchi yo'qligiga jamoa o'rganib ham ulgurdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Oltin to'p-2024" sohibi Rodri shu kunlarda jamoaviy mashg'ulotlarga qaytgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Biroq "Kristal Pelas"ga qarshi uni maydonda ko'rishimiz ehtimoli past. APLning oxirgi turlarida esa ispaniyalik ko'rinish bersa, ajab emas.


 

3. Oxirgi vaqtlarda "Man Siti"da yaratuvchanlik bilan bog'liq muammo bor
Angliya Kubogidan avvalgi bir nechta uchrashuvda "shaharliklar" hujum borasida muammolarga duch keldi. Hattoki norvegiyalik Erling Xolandning safga qaytishi ham "Sautgempton" himoyasini yorib o'tish uchun yordam bermadi, undan avvalgi turda "Siti" "Vulvz"ga qarshi qiyinchiliklarga ro'baro' kelgandi. "Aston Villa" bilan o'yindagi ikki goldan ham shoshilinch xulosa qilmaslik zarur, chunki o'sha bahsda Pep Gvardiola shogirdlari o'z imkoniyatlaridan maksimum ravishda foydalangandi. Ammo "Pelas" bilan o'yinda vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishi mumkin, chunki raqibning o'zi ham o'yinini himoyadan qurmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing