05 jan 08:18
Yangiliklar
Bugun ikki bokschimiz Rossiyada jang o'tkazdi
Bahslarda o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun turnir doirasida Murat Gassiev jamoasi tarkibida har ikki bokschimiz ringga ko'tariladi. -59 kg vaznli hamyurtimiz SHukurjon Rahimov rossiyalik Ara Gaboyanga qarshi ringga ko'tarilsa, -75 kg vaznda Odiljon Aslonov Andrey Efremenko bilan hisob-kitob qiladi. Bokschilarimiz murabbiy Ravshan Xodjaev boshchiligida jang o'tkazishadi.
Bahslar Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi va "Match TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Olamsport.com malumotiga ko'ra, bugun Murat Gassiev jamoasi sharafini Rahimov va Aslonovdan tashqari, Bahodur Usmonov, Gor Xachitryan va Georgiy Yunovidov kabi bokschilar ham himoya qilishdi.
Fikrlar