08 jan 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun ikki bokschimiz Rossiyadagi musobaqa finalida jang qiladi
Xabar berib o'tganimizdek, Rossiyaning Sochi shahrida boks bo'yicha "Liga Stavok" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Murat Gassiev jamoasi safida jang o'tkazayotgan bokschilarimiz bugun final doirasida Sultan Ibragimov jamoasi vakillariga qarshi jang o'tkazishadi.
Unga ko'ra, -59 kg vaznli SHukurjon Rahimov Arshak Tovmasyanga qarshi ringga ko'tarilsa, -75 kg vaznli Odiljon Aslonov Murad Rabadanov bilan hisob-kitob qiladi.
Janglar bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 dan so'ng boshlanadi. Bellashuvlar "Match TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar