23 iyu 10:19
Yangiliklar
Bugun ikki tennis malikamiz Uimbldon saralashidagi ishtirokini boshlaydi
Musobaqaning asosiy to'r bahslari 29 iyun kuni boshlanib, 12 iyulga qadar davom etadi. Biz uchun ahamiyatlisi, ayollar o'rtasidagi saralash bahslarida mamlakatimizning ikki tennis malikasi ham o'z omadini sinab ko'radi. Bugun ular saralashning ilk bosqichida kortga chiqishadi.
O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva qura natijasiga ko'ra saralashning 1/4 finalida amerikalik Uitni Osigvega qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:30da boshlanadi. Mariya ayni paytda WTA reytingida 92, Uitni 183-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ladi.
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetovaning 1/4 finaldagi raqibasi franciyalik Jessika Ponshe bo'ladi. Polina ayni paytda dunyoning 116, Ponshe esa 190-raketkasi bo'lib turibdi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 18:00da start oladi. Ikki tennischi shu yilning 8 aprel kuni Madrid turnirining 1/8 finalida o'zaro to'qnash kelishgan va unda Kudermetova 6/1, 6/2 hisobida zafar quchgandi.

Fikrlar