10 mar 11:52
Yangiliklar
Tennis
Bugun ikkinchi raketkamiz Antaliya turniridagi yurishini boshlaydi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha WTA Challenger 125 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirida vakilamiz Polina Kudermetova ham o'z mahoratini namoyish etadi. Bugun u 1/16 finalda ispaniyalik Zuleta Maristaniga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ayni paytda WTA reytingida 147, Maristani esa 171-o'rinni egallab turibdi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 15:30da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. SHu yil yanvar oyida Melburnda o'tgan Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahsida Kudermetova Maristanini mag'lubiyatga uchratgan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar