02 mar 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Iordaniyada boks bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi
Kecha Amman shahrida mazkur musobaqaga bag'ishlangan texnik miting tashkil etildi.
Miting vaqtida chempionatda qitamizning 21 mamlakatidan 352 nafar bokschi bahslarda ishtirok etishi malum qilindi.
Musobaqa o'smirlar o'rtasida 2006-2007, yoshlar o'rtasida esa 2004-2005 yilda tavallud topgan bokschilar ishtirokida tashkil etilmoqda.
Bugun, 2 mart kuni musobaqaning birinchi kun bellashuvlari tashkil etiladi. Unda uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar