26 sen 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun jahon chempionatida sovrindor bo'lgan harbiy bokschilarimiz O'zbekistonga qaytishadi
Xabar berib o'tganimizdek, 18-25 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o'rtasida jahon chempionati tashkil etildi.
Jahonning 36 mamlakatidan 292 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada o'zbekistonlik sportchilar 7 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) medal qo'lga kiritishdi. Musobaqada qatnashgan bokschilarimiz O'zbekistonda kutib olinishi rejalashtirilmoqda. Terma jamoamiz azolari bugun tunda, 26 sentyabrdan 27 sentyabrga o'tar kechasi soat 01:55da yurtimizga qaytib kelishadi.
Kutib olish jarayoninini yoritish istagida bo'lgan OAV vakillarini, shuningdek boks muxlislarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga chorlab qolamiz.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar