02 okt 07:43
Yangiliklar
Bugun Jahon chempionatining ilk kuni 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Dunyoning 5 qitasi 67 mamlakatidan jami 531 (290 o'g'il bola, 241 qiz bola) nafar dzyudochi qatnashadigan mazkur nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etadi.
Bugun engil vaznlarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. O'g'il bolalar -60, -66 kg, qizlar esa -48 va -52 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi. Bugungi bellashuvlarda Laziza Haydarova, Muhayyo Ahtamova, Murodil Murodillaev, Zamohshari Bekmurodov va Nizomiddinxo'ja Toshpo'latovga muxlislik qilamiz.
Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:
-48 kg: Laziza Haydarova - Xinran Hui (Xitoy)
-52 kg: Muhayyo Ahtamova - Sabira Kojomberdieva (Qirg'iz Respublikasi)/Senju Nosho (Yaponiya)
-60 kg: Murodil Murodillaev - Zakariya Diyol (Franciya)
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov - Ayub Benlaribi (Jazoir)
-66 kg: Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov - Kiril Vitkovski (IJF)/Halid Al Harbi (Saudiya Arabistoni)
Fikrlar