24 okt 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun jahon chempionatining ochilish marosimi o'tkaziladi. Unda O'zbekiston bayroqdori kim bo'ladi?
Bugun, 24 oktyabr kuni Serbiyada jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi.
Ochilish marosimida har bir mamlakat terma jamoasi vakillari o'z yurtlari bayrog'ini ko'tarib chiqishadi. O'zbekiston terma jamoasida ushbu sharafli vazifa eng og'ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonovga ishonib topshirildi.
Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Unga jahon boksi olamidagi yulduzlar, hususan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ham AIBA tomonidan mehmon sifatida taklif etilgan.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar