28 okt 11:05
Yangiliklar

Bugun Lazizxon O'zbekov va Jahongir Najmiddinov "Naiza"da oktagonga chiqadi + VIDEO
Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadigan ushbu musobaqada hamyurtlarimiz Lazizxon O'zbekov hamda Jahongir Najmiddinovlar ham navbatdagi janglarini o'tkazishadi.
So'nggi jangida qozog'istonlik Ermek Giminbekni mag'lub etgan Lazizxon O'zbekovga bugun rossiyalik Joxar Eskiev raqiblik qiladi. Eskievning rekordi: 7-3. Lazizxon O'zbekov esa prof faoliyati davomida to'rt bor g'alaba qozonib, bir marotaba mag'lub bo'lgan. Yagona mag'lubiyat MPL 6 turnirida Holmurod Nurmatovdan qabul qilib olingan.
SHuningdek, bugun o'z jangini o'tkazadigan Jahongir Najmiddinov (2-0)ga qozog'istonlik Serjan Sapargaliev (3-7) raqiblik qiladi. Najmiddinov so'nggi bor o'tgan yilning oktyabr oyida, MPL'ning debyut turnirida turkiyalik Kadir Dalkiranga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Kecha bo'lib o'tgan face-to-face marosimidan videolarni tomosha qiling:
Fikrlar