07 dek 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Mahmud Muradov Polshada, Mavlud Tifiev esa Gruziyada jang qiladi
Bugun kun davomida o'zbekistonlik ikki nafar aralash yakkakurash ustasi - Mahmud Muradov va Mavlud Tifiev o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazadi.
UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov bu safar Polshaning Loj shahrida jang qiladi. Hamyurtimiz Fame 23 musobaqasi doirasida SHimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park bilan to'qnash keladi.
O'rta vazn toifasida tashkil etiluvchi ushbu to'qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko'rgazmali maqomda o'tkaziladi.
Muay-tay ustasi Mavlud Tifiev esa bu safar MMA qoidalari bo'yicha jang qiladi. Gruziyaning Tbilisi shahrida tashkil etiladigan IFC 20 turniri doirasida unga franciyalik Robbie Gunyar raqiblik qiladi.
Tifiev ishtirokidagi turnir Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar