So’nggi yangiliklar

14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0

26 dek 11:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Bugun "Milliy sport mukofoti-2025" taqdirlash marosimi o'tkaziladi. Kimlar eng yaxshi bo'lishi mumkin?

Bugun soat 18:30 da poytaxtimizdagi JW Marriot restoranida "Milliy sport mukofoti-2025" g'obilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.

Unda bir nechta nominaciya bo'yicha g'oliblar taqdirlanadi. Yakuniga etib borayotgan yil davomida o'zbekistonlik sportchilar jahon va Osiyo chempionatlari, shuningdek, kompleks musobaqalarda ishtirok etishdi.

SHundan kelib chiqib, 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi erkak sportchisi deb topilishi mumkin bo'lgan nomzodlar soni ham etarlicha. 

Xususan, 24 yillik tanaffusdan keyin kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining yunon-rum kurash bahslarida O'zbekistonga oltin medalni taqdim etgan 19 yoshli Aytjan Xalmaxanov, dunyo birinchiligi va Islom Birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raev, boksdagi "gegemonlik"ni Liverpuldagi World Boxing Jahon chempionatida ham davom ettirgan Abdumalik Xalokov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, shuningdek, taekvondo WT bo'yicha Jahon chempionatida oltin medalga ega chiqqan ikkinchi o'zbekistonlik erkak sportchiga aylangan Najmiddin Qosimxojiev shular jumlasidan. 

Yuqorida tilga olingan sportchilarimizning nomzodlari MOQ tomonidan rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, taxminimizcha ulardan biri eng yaxshi deb topiladi. Bu ro'yxat yanada kengroq bo'lishi ham mumkin.

Ayol sportchilarimiz orasidan esa karate bo'yicha ilk o'zbekistonlik Jahon chempioniga aylangan Gulshan Alimardonovaning 2025 yilda O'zbekistonning eng yaxshi ayol sportchisi bo'lish imkoniyati ancha yuqori. Faoliyati davomida uchinchi marotaba Jahon chempionati shohsupasiga ko'tarilgan Svetlana Osipova, Islom birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli chiqish qilgan Aktenge Keunimjaeva nomzodlarini bu borada taxmin qilish mumkin.

Demak, bugun O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshilarini bilib olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing