10 okt 13:08
Yangiliklar
Og'ir atletika

Bugun Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev Jahon chempionatida chiqish qiladi
SHu kunlarda Norvegiyaning Forde shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasining ikki etakchisi — Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Har ikki atletimiz ham 110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etadi.
Hamyurtlarimizning chiqishi bugun, bizning vaqt bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Malumot o'rnida, 33 yoshli Ruslan Nurudinov hozirgacha Jahon chempionatlarida 3 tadan oltin va kumush medallariga ega chiqqan. 26 yashar Akbar Jo'raev hisobida esa dunyo birinchiliklarining 2 ta oltin medali bor.
Avvalroq, O'zbekiston Og'ir atletika federaciyasi nima sababdan Jahon chempionatida faqat Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev ishtirok etishi bo'yicha bayonot bergandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar