04 may 08:04
Yangiliklar
Bugun Osiyo chempionatida 9 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz
Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Bugun qita birinchiligida kun davomida 9 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi. Ikkita juftlikda o'zbek-qozoq qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-46 kg: Visola Baxtiyorova - Hanshika Attri (Hindiston)
-49 kg: Zebiniso Abdullaeva - Kseniya Egorova (Qozog'iston)
-52 kg: Durdona Xayriddinova - Samal Tolepbergen (Qozog'iston)
-55 kg: Bahora Mahmudjonova - Elinai Dogdurbaeva (Qirg'iz Respublikasi)
-64 kg: Malika Ulug'bekova - Aziza Kandil (Saudiya Arabistoni)
-43 kg: Adizbek Ilhombekov - Muhammetali Serdarov (Turkmaniston)
-50 kg: Rahmonali Samadov - Mattev Ayumana (Filippin)
-52 kg: Oybek Alimjonov - You-CHeng CHen (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Asliddin Usubaliev - Junhui Lee (Koreya Respublikasi)
Janglar ikki dasturda - soat 11:00 va 15:30 da start oladi.



Fikrlar