18 apr 07:35
Yangiliklar
Sambo

Bugun Osiyo-Okeaniya chempionatida kichik o'smirlar o'rtasidagi bahslar o'tkaziladi
Bugun poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining beshinchi kun bahslari tashkil etiladi.
Kun davomida 2009-2011 yillarda tug'ilgan kichik o'smirlar o'rtasidagi bahslar (14-16 yosh) bo'lib o'tadi. O'g'il bolalar va qizlar sambo yo'nalishida 9 tadan, umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradilar.
O'g'il bolalar: -46 kg, -49 kg, -53 kg, -58 kg, -64 kg, -71 kg, -79 kg, -88 kg, +88 kg.
Qizlar: -41 kg, -44 kg, -47 kg, -50 kg, -54 kg, -59 kg, -65 kg, -72 kg, +72 kg.
Saralash bahslari soat 9:00dan so'ng boshlanadi. Finallar esa soat 17:00dan start oladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar