So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

06 sen 13:44
Yangiliklar

Futbol

Bugun Osiyoning 42 terma jamoasi Parij Olimpiadasi uchun kurashni boshlaydi

Teglar :  Parij-2024
Bugun, 6 sentyabr kuni Osiyo qitasida keyingi yil Qatar mezbonlik qiladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi uchun saralash bahslari start oladi.

2024 yil 15 apreldan - 3 maygacha bo'lib o'tadigan Osiyo kubogida dastlabki uchta o'rinni egallagan 3 terma jamoa Parij Olimpiadasida Osiyo qitasi sharafini himoya qiladi. Bugun Osiyo kubogi uchun saralash boshlanadi. 

Saralashda jami 11 ta guruhda jami 42 ta terma jamoa 15 ta yo'llanma uchun kurashadi. So'nggi 16-yo'llanma mezbon Qatar uchun ajratilgan. 9 ta guruhda 4 tadan, 2 ta guruhda esa 3 tadan jamoa ishtirok etadi.

11ta guruhda birinchi o'rinni olgan 11ta jamoa Osiyo kubogiga yo'llanma oladi. Yana 4ta yo'llanma esa guruhlarda eng yaxshi natijaga erishgan ikkinchi o'rin sohiblariga nasib qiladi. Ikkinchi o'rinlar o'rtasidagi eng yaxshi natija qayd etgan jamoalarni aniqlashda guruhda 4-o'rinni olgan jamoalar bilan o'yinlar bekor qilinadi. Sababi "B", "I" va "K" guruhlarida 3tadan jamoa bor. Aslida "B" guruhida Qatar ham bor, lekin uning o'yinlari o'rtoqlik darajasiga tenglashtirilgan va guruh jadvaliga tasir qilmaydi.


"A" guruhi -
Iordaniya, Suriya, Ummon, Bruney

"B" guruhi - Koreya Respublikasi, Myanma, Qirg'iz Respublikasi, (Qatar)

"C" guruhi - Vetnam, Singapur, Yaman, Guam

"D" guruhi - Yaponiya, Bahrayn, Falastin, Pokiston

"E" guruhi - O'zbekiston, Eron, Gonkong, Afg'oniston

"F" guruhi - Iroq, Kuvayt, Timor Leste, Makao

"G" guruhi - BAA, Hindiston, Maldiv, Xitoy

"H" guruhi - Tailand, Malayziya, Bangladesh, Filippin

"I" guruhi - Avstraliya, Tojikiston, Laos

"J" guruhi - Saudiya Arabistoni, Kambodja, Livan, Mongoliya

"K" guruhi - Turkmaniston, Indoneziya, Xitoy Taypeyi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing